Yangiliklar

AT “Aloqabank” futbol jamoasi kuchlilar qatorida!

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining Vazirlik, idora va tashkilotlardagi a’zolari o’rtasida 2018 yil 24-26 may kunlari o’tkazilgan “YOSHLAR - O’ZBEKISTON KELAJAGI” shiori ostidagi futbol musobaqasida AT “Aloqabank” jamoasi ham ishtirok etib, bank sharafini munosib himoya qildi.

batafsil

Avtokredit olganlar uchun imtiyoz!

Eslatib o’tamiz AT “Aloqabank” yilning boshida jismoniy shaxslarga Avtokredit xizmatini joriy qilgandi. Kreditning asosiy shartlaridan biri depozit garovi bo’lib kredit summasidan 30 foizni tashkil etardi. Keyinchalik 25 foizga tushirildi.

batafsil

SMS-banking: кредитлар!

Эндиликда олинган кредитлар бўйича жорий қарздорликни SMS хабарнома орқали кўриш мумкин. Бунинг учун 2700 қисқа рақамига лотин алифбосида "КО" катта харфларида SMS юбориш зарур бўлади.

batafsil

AT “Aloqabank”dan onlayn mikroqarz!

AТ “Aloqabank”, Beeline va Paycom o’zaro hamkorlikda Payme va Beepul mobil ilovalaridan foydalangan holda, bir paytning o’zida ham Beeline mobil operatori abonenti ham AТ “Aloqabank” plastik kartasi egasi bo’lgan jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqining 10 barobarigacha bo’lgan miqdorida onlayn mikroqarz ajratish xizmatini yo’lga qo’ydi.

batafsil

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” aksiyadorlari diqqatiga!

AT “Aloqabank” Kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini 2018 yil 24 aprel kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qiladi.

batafsil

Чет эл валютасини конверсион карталардан ечиб олиш мумкин

Эндиликда конверсион картадаги маблағларингизни АТ "Алоқабанк"нинг исталган филиалида ечиб олишингиз мумкин!

batafsil

Navro’zi olam muborak!

Aziz yurtdoshlar, Aloqabank jamoasi Sizlarni go’zal, xosiyatli, yangilanish va yasharish bayrami - Navro’zi olam bilan samimiy muborakbod etadi.
Sizga va yaqinlaringizga bahoriy kayfiyat va mustahkam sog’liq, xonadoningizga fayzu-baraka, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz.
Yurtimiz ravnaqi yo’lidagi ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar hamisha yor bo’lsin. 

batafsil