Bank haqida

Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

AT «Aloqabank» universal-tijorat bank sifatida o’z faoliyatini quyidagi litsenziyalar asosida amalga oshiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2021 yil 25 dekabrdagi 48-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi (1995 yil 22 martdagi 48-sonli litsenziyaga almashtirilgan)
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2017 yil 21 oktyabrdagi 48-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi (1995 yil 22 martdagi 48-sonli litsenziyaga almashtirilgan);
  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2014 yil 4 avgustdagi 59-sonli xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish haqidagi Bosh litsenziyasi (1996 yil 21 avgust 38-sonli litsenziyasiga almashtirilgan);

Hozirgi kunda bank:

  • O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi;
  • O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi;
  • Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi;
  • “Toshkent” Respublika  fond birjasi qatnashchisi;
  • O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi;
  • SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosi;
  • VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi;
  • O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi;
  • Sindikatli kreditlash tashabbus markazi a'zosi hisoblanadi.

Bank  WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM, RIA MONEY TRANSFER kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda.

Vakillik munosabatlari:

Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.)

Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
  • “O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi;
  • "O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • Elektromagnit moslashuv markazi;
  • Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;
  • Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti;
  • “Alskom” sug’urta kompaniyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
  • Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi;
  • "DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi;
  • "MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat;
  • “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi.

Xalqaro reyting: 

2022 yil, B1/B2/NP
«Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТ “Aloqabank”ga quyidagi xalqaro reyting baholari berildi:
  • Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»;
  • Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP;
  • Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP;
  • Kontragent riskini baholash bo’yicha  - B1(cr)/NP(cr)

Milliy reyting: 

2022 yil, uzA+ (Juda yuqori)
«Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТ «Aloqabank»ga:

Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi;

Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 bal bilan baholadi.

Bank tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va jismoniy shaxslarga ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxati |* .pdf| 146 Kb|

AT "Aloqabank"ning xizmat ko'rsatish sifati bo'yicha siyosati |* .pdf| 205 Kb|

25-07-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.