Bir million dasturchi
Kreditning maqsadi: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun
Kreditining asosiy shartlari:
Kredit muddati |
24 oy |
Imtiyozli davr |
4 oy |
Kredit miqdori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda |
Kredit maqsadi |
Kompyuter yoki noutbuk sotib olish uchun |
Kredit yillik foiz stavkasi* |
Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravari miqdorida |
Ta’minot turi |
Uchinchi shaxs kafilligi |
* Izoh: Kredit bo’yicha foiz to’lovlari Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag’lar hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.
Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:
- Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi;
- “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to’g’risida sertifikat nusxasi;
- Sertifikatning verifikatsiyadan o’tganligi va kreditning foiz to’lovlarini kompensatsiya qilib berish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonida berilgan ma’lumotnoma (ma’lumotnoma berilganiga 60 kundan oshmagan bo’lishi lozim);
- Kompyuter sotib olish bo’yicha oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
- Kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi).
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.