Faktoring xizmatlari
Faktoring — bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-etkazib beruvchilarni ular yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin ular tomonidan to’lanmagan to’lov talabnomalari bo’yicha to’lov olish huquqini bankka — moliyaviy agentga regress huquqisiz o’tkazib berishi evaziga moliyalashtirish bo’yicha bank xizmatining turidir.
Faktoring mijoz uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- yuklarni yetkazib berilganligini tasdiqlovchi xujjatlardagi summaning 90% gacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirishga ega bo‘lish;
- garovsiz moliyalashtirishga ega bo‘lish;
- aylanma mablag‘larni uzoq muddatli to‘ldirishni ta’minlash;
- sotuv hajmining o‘sib borishi bilan moliyalashtirishni orttirish;
- pul oqimlarini qulay tarzda rejalashtirish;
- debitorlik qarzlarini samarali nazorat qilish va boshqarish.
Faktoring operatsiyalari quyidagilar bo’yicha o’tkazilishi mumkin emas:
- byudjet tashkilotlariga qo’yiladigan talablar;
- jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari;
- to’lov layoqatsiz deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari;
- zarar ko’ruvchi korxonalar;
- nolikvid balansga ega bo’lgan korxonalar;
- kapital quyilmalarni moliyalashtirish;
- eksport konsignatsiya kontraktlari;
- kompensatsiya va barter bitimlari;
- ishlar evaziga bosqichma-bosqich yoki bo’nak haq to’lash;
- to’lovchi shartnomada belgilangan muddat ichida mahsulotni qaytarib berish huquqiga ega bo’lganda, shuningdek sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish sharti bilan oldi-sotdi shartnomalari
Faktoringning asosiy shartlari:
- faktoring operatsiyalari bank tomonidan mijozlar bilan ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlari joylashgan manziliga ko’ra shatnomalari asosida amalga oshiriladi;
- to’lovchi tomonidan moliyaviy agentga faktoring xizmatlarini ko’rsatish asosida pul talabnomasini bajarishi muddatlari 90 kundan oshmasligi lozim;
- bank xo‘jalik yurituvchi sub’ektning talab qilib olinguncha saqlanuvchi asosiy depozit hisobvarag‘iga shartnomada aytib o‘tilgan, biroq uning to‘lov talabnomalari bo‘yicha to‘lov summasining 90 foizidan ko‘p bo‘lmagan mablag‘larni o'tkazib beradi;
- bank o’tkazgan mablag’ va shartnoma bo’yicha to’lov talabnomasining summasi orasidagi farqi bank diskonti hisoblanadi.
Zaruriy hujjatlar:
- qarzdor-korxonaning faktoring operatsiyasini o‘tkazishga rozilik xati;
- tegishli tarzda rasmiylashtirilgan va ta’minotchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma;
- moddiy qimmatliklarning ajratilganligi, ishlarning bajarilganligi, xizmatlarning ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (tovar-transport nakladnoylari, ishonchnomalarning nusxalari, ishni qabul qilish dalolatnomalari va boshqalar);
- to‘lovchiga qo‘yilgan to‘lov talabnomasining nusxasi va to‘lovchining ushbu talabnomani to‘lashga roziligi (aktsept) to‘g‘risidagi xati;
- debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari tavsiflab berilgan va muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarining butun summasiga solishtirish dalolatnomalari ilova qilingan so‘nggi hisobot sanasidagi buxgalteriya balansi ;
- foydalar va zararlar to‘g‘risidagi hisobot;
- boshqa kreditorlardan qarzga olingan mablag‘lar va boshqa banklarda saqlanuvchi bo‘sh mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- boshqa banklarda ochilgan hisobraqamlar ro‘yxati.
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.