Xorijiy kredit liniyalari

Xalqaro taraqqiyot assotsatsiyasining kredit liniyasi

Maqsadi - chorvachilik yo’nalishida

Xalqaro taraqqiyot assotsatsiyasining kredit liniyasi hisobidan chorvachilik yo’nalishida kreditlar ajratish shartlari (alohida shartlar):

Kredit miqdori - loyiha umumiy qiymatining 70%igacha

Kredit muddati:

  • Loyihaning xususiyatidan kelib chiqqan holda 5-7 yilgacha (asosiy qarzdan 2 yilgacha imtiyozli davr asosida)
  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 18 oygacha (9 oygacha imtiyozli davr asosida)

Foiz stavkasi (yillik) - 8% gacha

Kredit maqsadi:

  • Qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik, echkichilik, quyonchilik va boshqalar;
  • Parrandachilik (tuxum va broyler), baliqchiliq, asalarichilik, ipakchilik;
  • Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, sovutish va saqlash;
  • Yem ishlab chiqarish (qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlash orqali) hamda yem mahsulotlari sotib olish;

 

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan meva-sabzavotchilik yo’nalishida kreditlar ajratish shartlari (alohida shartlar):

Kredit maqsadi:

  • Meva sabzavot sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun

Kredit miqdori - loyiha umumiy qiymatining 70%igacha

Kredit muddati:

  • loyihaning xususiyatidan kelib chiqqan holda 5-7 yilgacha (asosiy qarzdan 2 yilgacha imtiyozli davr asosida)
  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun 18 oygacha (9 oygacha imtiyozli davr asosida)

Foiz stavkasi - 6 oylik LIBOR+XTTB spredi+0,2% Moliya vazirligi marjasi 2-3% bank marjasi (yillik 6,5-7,5%)

 

Commerzbank (Germaniya) kredit liniyasi

Kredit maqsadi - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlardan uskunalar sotib olish bilan bog’liq investitsiya loyihalarini moliyalashtirish

Kredit miqdori - Kamida 1 000 000 yevro

Kredit muddati - 5-10 yilgacha (Commerzbank tomonidan ko’rib chiqiladi)

Foiz stavkasi – yillik 5-7%

Loyiha tashabbuskorlari - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari

Valyuta turi - Yevro

Imtiyozli davr - 12 oygacha (Commerzbank tomonidan ko’rib chiqiladi)

Komission to’lovlar - Loyihani boshqarish komissiyasi - bir martalik kredit summasidan 1 % gacha

Eka sug’urta mukofoti - Eksport-kredit agentligi tomonidan belgilanadi (mazkur to’lov kredit hisobidan moliyalashtirilishi mumkin)

Kreditning qo'shimcha shartlari:

  • Import shartnomasi summasining kamida 15% qismi tashabbuskor o’z mablag’lari hisobidan to’lanishi lozim
  • Germaniya va Yevropa ittifoq davlatlari qatoriga kiruvchi mamlakatlardan uskunalar sotib olish lozim

 

Xalqaro kredit liniyalari evaziga taqdim etiladigan kreditlarning umumiy shartlari:

Kredit ta’minoti:

  • Bino-inshootlar
  • Avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari
  • Uchinchi shaxslar kafilligi
  • Sug’urta polisi

Taqdim qilinadigan hujjatlar:

  • Ariza
  • Biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma
  • Moliyaviy hisobotlar
  • Kredit ta’minoti hujjatlari

Ta’minot hujjatlari:

Garov bo’lsa:

  • Mulkni baholash hisoboti
  • Kadastr hujjatlari, texpasport va/yoki texnadzor
  • Garovga qo’yish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni

Uchinchi shaxs kafilligi bo’lsa:

  • Kafil bo’layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni
  • Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma)

Sug’urta bo’lsa:

  • Sug’urta shartnomasi va polisi

Xizmat turidan foydalanuvchilar:

  • Import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltiriladigan mahsulot ishlab chiqarish ko’zda tutilgan loyiha tashabbuskorlari, kichik biznes sub’yektlari
Линия финансирования
Филиал банка
Общая сумма кредита
Валюта
Процентная ставка %
Срок кредита (в месяцах)
Льготный период по основной сумме (в месяцах)
Направление

 

 

07-02-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.