Hisob-kassa xizmati

Naqd pul mablag’larini kirim qilish

Xizmat turidan foydalaniluvchilar:

  • Yuridik shaxs (savdo, umumiy ovqatlanish, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlar);
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdo, pullik xizmat ko’rsatish va boshqalar).

Naqd pullarni hisobvaraqqa kirim qilish usuli:

  • Inkassatsiya xizmati orqali;
  • O’zi bank kassasiga olib borib topshirish (samanos) orqali amalga oshirish.

Naqd pul e’loni:

  • Mijozning imzosi mavjudligi;
  • Summa so'z bilan mos kelishi;
  • To’lov maqsadi ko’rsatilganligi;
  • Sana qayd etilganligi;
  • Hisobvarag’i mavjudligi;
  • Ro'yxatdan o’tkazish.

To’lov maqsadi:

  • Savdo tushumi;
  • Pullik xizmatlar tushumi;
  • Umumiy ovqatlanishdan tushgan tushum;
  • Aylanma mablag’larini to’ldirish;
  • Ustav fondini shakllantirish (ta’sischilar umumiy yig'ilish qarori asosida);
  • Kredit qarzdorligini so’ndirish (asosiy qarz va foiz to’lovlari uchun);
  • Boshqa maqsadlar uchun:
    • Korxonaga tegishli bo’lgan mol-mulk sotilishi;
    • Jarimalar;
    • Korxonaga yetkazilgan zarar va b.

Kassa ramzlari:

  • YaTTlarning naqd puldagi savdo tushumi (0100-ramz)
  • Iste’mol tovarlarni sotishdan tushgan naqd pullar (0200-ramz)
  • Umumiy ovqatlanish korxonalaridan tushgan naqd pullar (0400-ramz)
  • Temiryo'l va havo transporti sohasidan tushgan naqd pullar (0500-ramz)
  • Mahalliy transport xizmatidan tushgan naqd pullar (0600-ramz)
  • Telefon-aloqa xizmatlaridan tushgan naqd pullar (0700-ramz)
  • Tomoshagoh tashkilotlaridan tushgan naqd pullar (0900-ramz)
  • Tibbiyot, sayyohlik maishiy va boshqa pullik xizmatlardan tushgan naqd pullar (1100-ramz)
    • Maishiy va boshqa pullik xizmatlar ko’rsatishdan tushgan naqd pullar (1101 -ramz)
    • Tibbiyot va sayyohlik xizmatlaridan tushgan naqd pullar (1102-ramz)
  • Qishloq xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub’ektlardan tushgan naqd pullar (1300-ramz)
  • Pochta aloqasi korxonalaridan tushgan naqd pullar (1700-ramz)
  • Ustav kapitalni shakllantirish va aylanma mablag’larni to’ldirish uchun topshirilgan naqd pullar (1900-ramz)
    • Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun topshirilgan naqd pullar (1901-ramz)
    • Yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanma mablag’larini to’ldirish uchun topshirilgan naqd pullar (1902-ramz)

Kassa xizmatlari

Xizmat turidan foydalaniluvchilar:

  • Yuridik shaxs (savdo, umumiy ovqatlanish, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlar);
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdo, pullik xizmat ko’rsatish va boshqalar).

Daromadlarni undirilishi:

  • Bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan haq undirish evaziga amalga oshiriladi- (ko’rsatilgan kassa xizmatning naqd pul summasi- dan 0,25 foiz).

Naqd pul bilan bog'liq kassa xizmatlari:

  • Bir nominal qiymatdagi naqd pullarni boshqa qiymatdagilariga almashtirib berish (yiriklashtirish, maydalash);
  • Qayta sanash, tegishli tartibda saralash hamda urab-bog'lash, shuningdek qadoqlab (upakovka) berish.

Naqd pul berish

Xizmat turidan foydalaniluvchilar:

  • Yuridik shaxs (savdo, umumiy ovqatlanish, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa tashkilotlar);
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdo, pullik xizmat ko’rsatish va boshqalar).

Daromadlarni undirilishi:

  • Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlarga topshirilgan naqd puldagi tushumlari doirasida (naqd pul summasidan 1 foizgacha);
  • Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlarga to’lov terminal orqali tushgan tushumlari doirasida (naqd pul summasidan 1 foiz);
  • Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlar hisobvaraqlariga kelib tushgan naqdsiz pul mablag’i hisobidan naqd pul berish (naqd pul summasidan 1 foiz);
  • Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotib olish va tayyorlash faoliyati (tayyorlov) bilan shug’ullanayotgan korxonalarga naqd pul mablag’ini yechib berish (naqd pul summasidan 1 foiz);
  • Eksportyor tadbirkorlik sube’ktlariga naqd pul mablag’larini berish (naqd pul summasidan 0,5 foiz).

Naqd pul chek daftarchasi:

  • Mijozning imzosi mavjudligi;
  • Summa so’z bilan mos kelishi chiqim maqsadi ko’rsatilganligi;
  • Sana qayd etilganligi hisobvarag’i mavjudligi;
  • To’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilganligi;
  • Belgilangan muddati o’tkazib yuborilmaganligi (to’ldirilgan kunni hisobga olgan va hujjatda ko’rsatilgan sana to’g’rilanmagan holda 10 kalendar kun davomida) mijoz muhri bosilganligi;
  • Ro’yxatdan o’tkazish.

Kassa ramzlari:

  • Mehnat haqiga (ish haqiga) berilgan naqd pullar (4000-ramz)
  • Stipendiya to’lovlariga berilgan naqd pullar (4100-ramz)
  • Xizmat safari xarajatlari uchun berilgan naqd pullar(4200-ramz)
  • Pul tushumiga ega bo’lgan mijozlarga berilgan naqd pullar (4400-ramz)
  • Mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan naqd pullar(4500-ramz)
  • Qishloq xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarga berilgan naqd pullar (4700-ramz)
  • Pensiya, nafaqa, sug’urta qoplamasi va boshqa ijtimoiy to’lovlarga berilgan naqd pullar (5000-ramz)
  • Xo’jalik sub’ektlariga dividendlarni to’lash uchun berilgan naqd pullar (5100-ramz)
  • Boshqa maqsadlar uchun berilgan naqd pullar (5300-ramz)

Chiqim maqsadlari:

  • Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun (Byudjet, monitoringga olingan tashkilotlar, kontingent, pensiya, stipendiya, xizmat safari va boshqa korxonalar);
  • Boshqa maqsadlar uchun:
    • Oziq-ovqat sotib olish (tayyorlov tashkilotlari);
    • Ustav fondidan ulushini olish (ta’sischilar umumiy yig’ilish qarori asosida);
  • Dividend olish (aksiyadorlarning umumiy yig’ilish qarori asosida).
26-12-2013

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.