Tashqi iqtisodiy faoliyat
AT «Aloqabank» tadbirkorlik subyektlarini tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qo`llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirishga o`z hissasini qo`shish maqsadida valyuta operatsiyalari sirasini va sifatini oshirib bormoqda. Hozirgi kunda AT “Aloqabank” tomonidan quyidagi chet el valyutadagi operatsiyalari amalga oshiriladi:
Yuridik shaxslar uchun chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va yuritish xizmati tez va sifatli amalga oshiriliadi. Mijozlar hisobvaraqlariga tushayotgan va chiqib ketayotgan valyuta mablag`lari mijozlar uchun qulay va o`z vaqtida xorijiy hamkorlarga yetib borishi uchun O`zbekiston Respublikasi va Chet elda barqaror reytingga ega bo`lgan 1-darajali (nufuzli) banklarda vakillik hisobvaraqlar ochilgan.
Hozirgi kunda eksport va import shartnomalarining monitoringini yuritish Vazirlar Mahkamasining 21.07.2014-yildagi 199-sonli “O`zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Eksport va import shartnomalari monitoringini yuritish bilan bir qatorda O`zbekiston Respublikasi hududidagi tadbirkorlik subyektlarining manfaatini ko`zlab bank tomonidan mijozlarga eksport-import shartnomalarining maqsadga muvofiq tuzilishida, xorijiy hamkorlar topishda, shuningdek boshqa tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq operatsiyalar borasida konsultatsiyalar beriladi.
# 199 21.07.2014
AT “Aloqabank” mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida O`zbekiston va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlarni ochgan. Ushbu hamkor xorijiy banklar orqali akkreditiv, bank o`tkazmalari va boshqa operatsiyalar amalga oshirilmoqda.
Korrespondent xorijiy banklar:
Korrespondent mahalliy banklar:
IV. UzRVBda chet el valyuta mablag`larining xarid qilish
Mijoz tomonidan import shartnomalari bo’yicha to’lovni amalga oshirish maqsadida mijozlar tomonidan xorijiy valyutani xarid qilishiga berilgan buyurtmanomalar ijrosi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2000-yildagi 245-sonli “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida ta`minlanadi..
V. Hujjatli operatsiyalar
Hozirgi kunda xalqaro hisob-kitoblarning aksariyat qismi akkreditiv usuli bilan amalga oshirilmoqda. Bunga sabab ushbu xalqaro hisob kitob vositasining ishonchliligi, sotuvchiga ham sotib oluvchiga ham tavakkalchilikning past darajadaligi. Shu jumladan, AT “Aloqabank”da ham tashqi savdo shartnomalarida akkreditivlarning har xil turlari ishlatilmoqda. Bankimiz ushbu hujjatli operatsiyalarini ijro uchun qabul qilish va bajarish vaqtida Xalqaro savdo palatasining 2007 yildagi XSP 600-sonli nashri tahriridagi "Hujjatli akkredetivlar uchun birhillashtirilgan qoidalar va odatlar"ga, 2010 yildagi XSP 758-sonli nashri tahriridagi “Kafolat uchun unifikatsiyalangan qoidalari”ga va 1995 yildagi XSP 522-sonli nashri tahriridagi “Inkasso bo‘yicha unifikatsiyalangan qoidalar”ga amal qiladi.
AT “Aloqabank” hozirda xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo`yicha faol ish olib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlardan VISA International (hamkor a'zolik) xalqaro to‘lov tizimi, Western Union - tezkor pul o‘tkazmalari tizimi (agentlik), Jahon banklararo moliya telekommunikatsiyalari jamiyati (S.W.I.F.T.) tashkilotlariga a`zodir. Bankning asosiy hamkorlariga quyidagilar kiradi:



Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.