Aloqachi mikroqarzi

Mikroqarzning asosiy shartlari:

Mikroqarz nomi

Kredit miqdori

Kredit muddati

Imtiyozli davr

Yillik foiz stavkasi

Kredit ajratish shakli

“Aloqachi”

Minimal miqdori – 3 mln. so’m

Maksimal miqdori- BHM ning 100 barobari

12 oygacha

3 oy

26%

AT "Aloqabank"da ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalari orqali

24 oygacha

3 oy

27%

 

“Aloqachi” mikroqarzini oluvchi fuqarolarga qo’yilgan talablar:

  • 18 yoshga to’lgan, doimiy ish joyi hamda oxirgi 6 oylik mehnat faoliyatiga ega O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lishi;
  • Bank hisobvarag’i  AT “Aloqabank” da bo’lgan aloqa tashkilotlarida ishlaydigan xodim bo’lishi;
  • Qarz yuki ko’rsatkichi 50 foizdan oshmasligi.

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • 3 shaxs kafilligi

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

1. Passport nusxasi;

2.Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBPH raqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim).

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi);
  • Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBPH raqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim).

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni
11-01-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.