Avtokredit

Avtokredit - Birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun mo’ljallangan kredit turi.

Avtokreditning asosiy shartlari:

Muddati

Imtiyozli davr

Yillik foiz stavkasi

Boshlang’ich badal miqdori

Boshlang’ich badal bo'yicha qo'shimcha ma’lumot

1

3 yilgacha

3 oygacha

24%

Kredit summasining 20 foizi miqdorida

 

Boshlang'ich badal summasi sotib olinadigan avtomashina garovga qo'yilgunga qadar omonat garovi sifatida bankda saqlanadi. Sotib olingan avtomashina garovga taqdim qilingandan so'ng kreditni so'dirish uchun yo'naltiriladi.

2

3 yilgacha

3 oygacha

23%

Kredit summasining 36 foizi miqdorida

3

3 yilgacha

3 oygacha

22%

Kredit summasining 50 foizi miqdorida

4

4 yilgacha

3 oygacha

23%

Kredit summasining 30 foizi miqdorida

5

4 yilgacha

3 oygacha

25%

Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida

Boshlang'ich badal summasi qarz oluvchi tomonidan sotuvchi korxona hisobvarag'iga to'lab beriladi, ya'ni omonat garovi sifatida bankda saqlanmaydi. Kredit avtomashina narxining qolgan qismini to'lash uchun ajratiladi.

 

 Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Sotib olinayotgan transport vositasi (transport vositasi kredit muddatiga mos ravishda sug’urtalanishi lozim);
  • Sotib olinayotgan transport vositasi garovi taqdim qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • Bankning ichki Kredit siyosati talabidan kelib chiqib, uchinchi shaxs kafilligi.

Avtokredit olish uchun kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • Ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog'i orqali realizasiya qilinadigan avtomobillarni xarid qilish uchun tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi.

Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha  ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.

 Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi).

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • Auditor xulosasi;
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • Ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).

 

18-08-2020

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.