Iste’mol krediti
Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida iste’mol tovarlari (ko’rsatilgan xizmatlar) ni sotib olish uchun beriladigan kredit turi hisoblanadi.
Iste’mol kreditining asosiy shartlari:
Kredit miqdori |
Kredit muddati |
Yillik foiz stavkasi |
Kredit ajratish shakli |
Qaytarish usuli |
Eng kam miqdori - BHMning 1 baravari; |
36 oygacha (imtoyozli davrsiz) |
30% |
Tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning hisobvarag’iga pul o’tkazish yo’li bilan |
Differensial |
- Mikroqarz summasi 40 (qirq) million so’mgacha bo’lsa uchinchi shaxs kafilligi;
- Mikroqarz summasi 40 (qirq) million so’mdan oshgan taqdirda likvidli mol-mulk garovi.
Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:
- Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi;
- Tovarlarni ishlab chiqaruvchi (xizmat ko’rsatuvchi) korxona yoki realizatiya qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan oldi-sotdi (xizmat ko’rsatish) shartnomasi.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganiladi.
Daromadlari to'grisidagi ma’lumotlarni tashqi manbaalardan onlayn tarzda o'rganishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to'grisida ma'lumotnoma taqdim qilinadi.
Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar
Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:
Kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi) bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Kafil yuridik shaxs bo'lganda:
- Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
- Auditor xulosasi;
- Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni.
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.