Ta’lim krediti
Ta’lim kreditining asosiy shartlari:
Kredit miqdori |
Kredit muddati |
Yillik foiz stavkasi |
Talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) ga asosan |
12 oy |
26% |
24 oy |
27% |
Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- Kredit summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha bo’lsa uchinchi shaxs kafilligi;
- Kredit summasi bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobaridan oshgan taqdirda likvidli mol-mulk garovi
Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:
1.Passport nusxasi
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi. Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.
- Talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt).
- Ta’minot hujjatlari
Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar
Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:
- Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi);
Kafil yuridik shaxs bo'lganda:
- Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
- Auditor xulosasi
- Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni
Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.