AT "Aloqabank" haq to’lanadigan amaliyot tanlovini e'lon qiladi

AT "Aloqabank" haq to’lanadigan va keyinchalik bank protsessing markazida doimiy ishga qabul qilinish imkoniyati bilan amaliyot tanlovini e'lon qiladi.

Dedlayn: 23-iyul soat 17:00

Natijalar e’loni: 24-iyul 17:00

Amaliyot maqsadi: Mahalliy va xalqaro to'lov tizimlarida kartalar biznesi sohasidagi salohiyatli yoshlarni bankka jalb qilish.

Amaliyot muddati: 2 oy

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • Rus va ingliz tillarida erkin so'zlasha olish. O'zbek tilini bilish qobiliyati ham qabul qilinadi;
  • Yoshi 20 dan 35 yoshgacha;
  • O'rta-maxsus diplomga (kolledj) bo’lish. Oliy ma'lumot diplomiga ega bo'lganlar ham qabul qilinadi;
  • IT va telekommunikatsiya sohasidagi bilimlarga ega bo’lish;
  • Karta biznesi sohasidagi bilimlarga ega bo’lish.

Yo'nalishlar bo'yicha amaliyot quyidagi yo'nalishdagi bilimlarga asoslanib belgilanadi:

  1. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari sohasidagi bilimlar;
  2. Shifrlash va kriptografik jihozlar sohasidagi bilimlar;
  3. Bank kartalarini emissiya qilish va shaxsiylashtirish sohasidagi bilimlar (mahalliy va xalqaro);
  4. Moliyaviy ekvayring (POS, ATM va E-commerce) sohasidagi bilimlar;
  5. Loyihalarning samaradorligini, shuningdek biznes-jarayonlarning zaif va nozik tomonlarini o'rganish bo'yicha tahliliy bilimlar;
  6. Karta biznesida tavakkalchiliklarni boshqarish sohasidagi bilimlar;
  7. Bahsli amaliyotlar bilan ishlash bo’yicha bilimlar;
  8. Axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlar.

Natija: Amaliyot yakunlangach, nomzodlarga bo'sh ish o'rinlari/bank shtati tarkibidagi xodim sifatida ish taklif qilinishi mumkin. (Bankning kadrlar komissiyasidan o’tishadi)

Ba’tafsil ma’lumot uchun: +99890 1879701

e-mail: ziyodulla.saliev@aloqabank.uz

p.s. Iltimos tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni topshirishda, nomzod bilan bog'lanish uchun aniq aloqa raqamlarini ko'rsating.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.