Buxoro filiali yangi binoga ko'chib o'tdi

Yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanib borgani sayin zamonaviy bank xizmatlariga bo’lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanganidek, bugungi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan qulayliklar samarasi yanada salmoqliroq bo’lishida raqamli bank xizmatlarining o’rni beqiyosdir.

Joriy yilning 21-avgust kuni AT “Aloqabank” Buxoro filiali yangi binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 2002-yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan bank filiali o’tgan yillar davomida sifatli bank xizmatlari bilan ko’plab mijozlar ishonchini qozongan. O’z mijozlariga bir qator qulayliklar va imkoniyatlar yaratishdan hech ham charchamaydigan AT “Aloqabank” jamoasi, mazkur hududda joylashgan turli xil tadbirkorlik subyektlari va boshqa turdagi mijozlarga sifatli bank xizmatlarini taqdim qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Ayniqsa Buxoro viloyatida asalarichilik faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz uchun tom ma’noda juda katta imkoniyat eshiklari ochildi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki aynan  AT “Aloqabank” mazkur soha rivojida tadbirkorlarga haqiqiy yelkadosh do’st bo’lib hisoblanadi.

Ochilish marosimi davomida tashrif buyuruvchilar yangi bank binosida yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishtirildi. Elektron navbat, eng so’nggi rusumdagi bankomat va boshqa maxsus uskunalar, kerakli xonalarni osonlik bilan topish uchun ko’rsatkichlar kabi yangiliklar yaqin kelajakda bank mijozlarining og’irini yengil qiladi degan umiddamiz.

Marosimning ikkinchi qismida taklif etilgan rasmiy mehmonlar:

Asadov Rizo Raupovich – Buxoro viloyat hokimi o’rinbosari.

Sharopov Jamshid Fazliddinovich - Buxoro viloyat Markaziy Bank boshqarmasi boshlig'i.

Raxmatov Xasan O’tkirovich – AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi o’rinbosari Buxoro ahlini mana shunday zamonaviy bank binosi ishga tushishi munosabati bilan qutlab o’tishdi. 

Butun dunyoda va yurtimizda bo’lib turgan pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, marosim qatnashuvchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlab o’tamiz.

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.