AT "Aloqabank" Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi.

 

 

 

 

 

Hurmatli aktsiyadorlik tijorat "Aloqabank" aktsiyadorlari! 2020 yil ish faoliyati yakunlari bo'yicha Aksiyadorlarning

yillik umumiy yig'ilishi to'g'risida xabarnoma.

 

AT "Aloqabank" Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shox ko'chasi, 4-uyda joylashgan, korporativ veb-sayt: www.aloqabank.uz, e-mail: info@aloqabank.uz sizga

2021 yil 28 iyun kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali o'tkaziladigan bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishida qatnashingiz mumkinligini ma'lum qiladi.

 

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

 

1.           AT "Aloqabank" aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

2.           AT "Aloqabank"ning 2020 yil ish faoliyati yakunlari bo'yicha bank Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.

3.           AT "Aloqabank"ning 2020 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2021 yildagi ustuvor vazifalari to'g'risidagi bank boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.

4.           AT "Aloqabank"ning 2020 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.

5.           AT "Aloqabank"ning 2020 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisoboti va xulosasini tasdiqlash.

6.           AT "Aloqabank"ning yillik hisoboti, milliy standartlar bo'yicha buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.

7.           AT "Aloqabank"ning 2020 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha olgan sof foydasini taqsimlash.

8.           AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

9.           AT "Aloqabank" keyingi aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishigacha affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash.

10.         AT "Aloqabank" Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.

11.         AT "Aloqabank"da 2020 yil yakunlari bo'yicha o'tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko'rib chiqish.

12.         AT "Aloqabank"ning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

 

Aksiyadorlarga yillik umumiy yig'ilishni o'tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2021 yil 4 iyun.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2021 yil 22 iyun.

 

Yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish 2021 yil 28 iyun soat 9:00 da boshlanib 11:00 da to'xtatiladi.

 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz, yoki info@aloqabank.uz elektron manzili orqali so'rov yuborishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67, 71-233-58-25.

05-06-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.