AT"ALOQABANK" MIJOZLARIGA XABARNOMA!

 

 

 

 

 

 

AT "Aloqabank" mijozlari tomonidan plastik kartalarini bankomatlar orqali naqdlash jarayonida qo'shimcha 20 ming so'm komissiya olinganligi bo'yicha quyidagilarni bildiramiz.

Mijozlarga qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida bank tomonidan emissiya qilingan Unionpay-Uzcard kobeydj kartalarini Uzcard va Humo to'lov tizimlarida birdek ishlatish imkonini beruvchi xizmat yo'lga qo'yildi. Biroq, xizmatni yo'lga qo'yish jarayonida texnik nosozliklar aniqlanib, mazkur kartalardan qo'shimcha 20 ming so'm komission haq olish holati aniqlandi.

Shu sababli, ushbu xizmat texnik nosozliklar bartaraf etilgunga qadar o'chirildi. Hozirda mijozlardan ortiqcha olingan komissiyalarni qaytarish choralari ko'rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Ushbu masala bo'yicha savollar yuzaga kelsa, 71 2307777 raqami orqali bankning kontakt markaziga qo'ng'iroq qilishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

21-10-1963

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.