AT "Aloqabank" Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

Hurmatli aktsiyadorlik tijorat "Aloqabank" aktsiyadorlari! Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi to'g'risida Xabarnoma (Masofadan)

 

AT "Aloqabank" Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan, bankning korporativ veb-sayti: www.aloqabank.uz, e-mail: info@aloqabank.uz  sizga

2021 yil 28 dekabr kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz  orqali bank aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida qatnashingiz mumkinligini ma'lum qiladi.

 

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

1. AT "Aloqabank" aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT "Aloqabank"ning 2021 yil 28 iyundagi aktsiyadorlar yillik umumiy yig'ilishi kun tartibidagi 8-masala bo'yicha qabul qilingan qarorni bekor qilish.

3. AT "Aloqabank"ning 2021 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik hisoboti va xulosasini tayyorlash uchun bankning 2021 yil 28 iyundagi aktsiyadorlar yillik umumiy yig'ilishi kun tartibidagi 8-masala bo'yicha qabul qilingan qarori bilan belgilab berilgan haq miqdorni oshirish yoki auditorlik tashkilotini qayta tanlash to'g'risida.

4. AT "Aloqabank"ning yangi tarkibda bank Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash to'g'risida.

 

Aktsiyadorlarga umumiy yig'ilishining o'tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2021 yil 6 dekabr.

Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2021 yil 22 dekabr.

Yig'ilish qatnashchilarini ro'yxatga olish Internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz ) foydalangan holda 2021 yil 28 dekabr

soat 9:30 da boshlanib 11:00 da to'xtatiladi.

Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan bankning www.aloqabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz  elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@aloqabank.uz  elektron manzili orqali so'rov yuborishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefonlar: 71-232-83-67, 71-233-58-25.

06-12-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.