AT"ALOQABANK" Mijozlariga xabarnoma!

Joriy yilning 10-11 aprel kunlari AT "Aloqabank" tizimida tezkor to‘lovlar bo‘yicha amalga oshirilgan texnik o‘zgarishlar natijasida “Anor” tizimidan o‘tkazilgan to‘lovlarda xatoliklar yuzaga kelgan.

Mazkur xatolik o‘z navbatida "Inspired" MCHJ bilan hamkorlikda joriy qilingan PAYME ilovasida bank rekvizitlarga to‘lov qilish funksionaliga ham ta’sir o‘tkazgan, natijada amalga oshirilgan to‘lovlar qabul qiluvchi hisobraqamiga qisman ko'chirilgan.

Bugungi kunda bank tomonidan ushbu xatolik sabablari bartaraf qilinib, xatolik yuz bergan sanadagi to‘lovlardagi farq summalari to‘lov qabul qiluvchi tashkilotlar hisobraqamlariga qo‘shimcha ravishda ko‘chirib berilgan.

 AT “Aloqabank” Matbuot xizmati.

20-04-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.