AT "Aloqabank" xodimlar o‘rtasida shaxmat va voleybol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

AT "Aloqabank" xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankning Bosh ofisi va hududiy tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida shaxmat va voleybol bo‘yicha Buxoro shahrining Buxoro davlat universitetida joriy yilning 7-8 may kunlari sport musobaqalari tashkil etildi. Shuni ta'kidlash joizki 2008 yildan boshlab AT “Aloqabank” xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha anʼanaviy musobaqalar tashkillashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosi asosida Bank Boshqaruvi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tomonidan xodimlarning sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilishi, jumladan yil davomida uzluksiz ravishda mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratib kelinmoqda.

Bu yilgi musobaqada jami 15ta jamoa qatnashib qizg‘in va murosasiz o‘yinni o’tkazishdi.  Sport musobaqalari natijalariga ko‘ra 1-chi o‘rinni "Navoiy HKXKM" jamoasi, 2-chi o‘rinni "Toshkent-1" jamoasi va faxrli 3-chi o‘rinni "Farg'ona HKXKM" va "Nukus HKXKM" jamoalari egallashdi.

Shaxmat musobaqalarining natijalariga ko'ra:
1-о'rin – HKXKM Andijon
2-о'rin – HKXKM Farg'ona
3-о'rin – HKXKM Mirobod tumani

Uyin yuqori kayfiyatda o’tib, unutilmas lahzalarga boy bo’ldi va eng asosiysi mazkur tadbir birdamlik, sog’lom turmush tarzi, g’ayrat va shijoat namunasi sifatida barcha qatnashchilarning hayotida muxrlanib qoldi.

11-05-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.