AloqaVentures fondi sun’iy intellekt dasturiy ta'minotini ishlab chiqish bo'yicha zypl.ai kompaniyasining investorlaridan biriga aylandi.

 Zypl.ai ning maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida sun'iy intellekt dasturiy ta'minotini ishlab chiqaruvchi virtual «Sun'iy intellekt zavodini shakllantirishdan iborat.

AloqaVentures tomonidan moliyalashtirish zypl.ai’ga Toshkentda sun’iy intellekt laboratoriyasini ochish va o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston bozoriga ustuvor ahamiyat berish imkonini beradi.

Zypl.ai startapning joriy raundda sarmoyadorlari: 

  • AQSh fondi Battery Road Digital
  • Singapurning Argo's Quest
  • Qozog‘istonning Activat 
  • BAA, Singapur va Qozog‘istonning biznes- angellar guruhi,

Umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etdi.

19-07-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.