Zoomrad mobil ilovasida onlayn omonatlardan mablag‘larni plastik kartalarga chiqim qilish funksionali qayta tiklandi.

Zoomrad mobil ilovasida onlayn omonatlardan mablag‘larni plastik kartalarga chiqim qilish funksionali  qayta tiklandi.

«Milliy Banklararo protsessing markazi» MCHJ tomonidan joriy yilning 10 noyabrda barcha rasmiy sahifalarida ogohlantirish xabarlari joylashtirilgan edi: “2022 yil  11 noyabr kuni soat 20:00 dan 14 noyabr soat 04:00 gacha MBPM protsessing tizimida xizmatlarni takomillashtirish va yangilash bo‘yicha ishlar o‘tkazilishi rejalashtirilganligi”

Profilaktik ishlar davomida bank ABT tizimi yordamida plastik kartalarni emissiya qilish, ABT tizim yordamida kartaga mablag‘ tushirish va  kartaning monitoring xizmatida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi (aynan mumkinligi,  aniq maʼlumot emas)  to‘g‘risida xabar eʼlon qilindi.

Profilaktik ishlar davomida Bank tomonidan avtomatlashtirilgan bank dasturi orqali kartalarga kirim qilingan mablag‘larni karta balansida aks ettirish bo‘yicha MBPM protsessing tizimiga  yuborilgan so‘rovlar qayta ishlamayotganligi va mazkur mablag‘lar karta balansida aks etmaganligi maʼlum bo‘ldi.

Shu sababli omonatchilariga ortiqcha noqulaylik to‘g‘dirmaslik maqsadida bank dasturchilari tomonidan operativ texnik ishlar olib borilib, onlayn omonatlardan mablag‘larni aynan HUMO kartalariga chiqim qilish imkoniyati cheklandi va Zoomrad mobil ilovasi foydalanuvchilariga ilova orqali PUSH xabarnoma yuborildi. Bu  davr mobaynida onlayn omonatlardan pul mablag‘larni UZCARD kartalariga  chiqim qilish funksionali odatiy shtat rejimida ishlagan.

MBPM protsessing tizimida eʼlon qilingan profilaktika vaqti tugashi bilan bank dasturchilari tomonidan joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish va test ishlari yakunlangandan so‘ng 14 noyabr 2022 yil 14:00 da  onlayn omonatlardan mablag‘larni HUMO kartalariga chiqim qilish funksionali qayta tiklandi.

24-11-2022

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.