Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Ta’lim krediti

AT «Aloqabank» tomonidan jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag’lari hisobidan ajratiladigan ta’lim krediti shartlari

Ta’lim kreditining asosiy shartlari:

Kredit maqsadi

O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida to’lov-kontrakt asosida tahsil olish maqsadida kontrakt to’lovi uchun.

Kredit qaytarish muddati

Kreditning asosiy tani oliy ta’lim muassasalarida o’qish davri hisobga olingan holda, talaba o’qishni bitirgandan so’ng 7-oydan boshlab 7 yil mobaynida qaytariladi. Kredit bo’yicha foizlar esa kredit ajratilgandan so’ng har oy davomida to’lab boriladi.

Kredit yillik foiz stavkasi*

O'g'il bolalar uchun:

2022 yil yakuniga qadar yillik 14% dan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida

Xotin-qizlar uchun: 

Yillik 14% 

Kredit miqdori

To’lov-kontrakt shartnomasi summasidan kelib chiqib. 

* Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi.

Xotin-qizlarga ajratilgan ta'lim krediti bo'yicha foiz to'lovlari Moliya vazirligi huzuridagi ta'lim kreditining moliyalashtirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplab beriladi. 

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

** «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo’yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

 

Kredit oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

a) Ariza;

b) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning pasporti yoki shaxsiy ID kartasining asli (Bank xodimi tomonidan pasporti yoki shaxsiy ID kartasining aslidan nusxa olinadi);

c) Talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt);

d) Kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.

 

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

 

AT «Aloqabank» o'z resurslari tomonidan jismoniy shaxslarga ta’lim krediti shartlari

O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi bo'limlarida tahsil olayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo'lmagan talabalarning o'qishi uchun talabalarning o'zlariga, ularning ota-onalariga, turmush o'rtog'i, aka-ukasi, opa-singlisi yoki vasiylariga

Kreditlash shartlari:

Kredit miqdori

Kredit muddati

Yillik foiz stavkasi

Ajratilish shakli

Qaytarish usuli

Ta’minoti

Bir yillik to'lov-kontrakt shartnomasi summasidan oshmagan miqdorda.

48 oygacha

30%

To'lov-kontrakt shartnomasiga asosan ta'lim tashkilotining hisobvarag'iga pul o'tkazish yo'li bilan.

Differensial

40 mln. so'mgacha - uchinchi shaxs kafilligi;

40 mln. so'mdan oshganda - likvidli mol-mulk garovi.